Loyiha doirasida ilk workshop tashkil etildi

#Workshop
#KOICA

👨‍💼Loyiha doirasida ilk workshop tashkil etildi

💻Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Janubiy Koreyaning KOICA agentligi hamda Kookmin universiteti hamkorlikda amalga oshirayotgan “TATUda innovatsion biznes IT ta’lim tizimini tashkil etish” grant loyihasi doirasida ilk workshop va loyihani amalga oshirish bosqichlari to‘g‘risida muhokamalar bo‘lib o‘tdi.

Unda Kookmin universiteti prezidenti, professor - Hong Jae Yim, Umumiy masalalar bo‘yicha prorektor – Byoung Joon Kim va professor Jin W. Mok, shuningdek, TATUdan loyiha ishtirokchilari qatnashdilar. Ishtirokchilar loyihaning har bir bosqichi va amalga oshirish mexanizmlarini muhokama qildilar. Shu bilan birga, loyiha bo‘yicha ishlarning borilishini baholash, davriy monitoringni tashkil etish va natijalarni muhokama qilib borish yuzasidan kelishib oldilar.

🗒Eslatib o‘tamiz, mazkur loyiha 2023-2027-yillarga mo‘ljallangan bo‘lib, qiymati 5 million AQSh Dollariga teng. Unga ko‘ra, TATUda Biznes IT ta’lim yo‘nalishi, ishlab chiqarish zonasi tashkil etiladi, 100 dan ortiq professor-o‘qituvchilar va mutaxassislarning malakasi oshiriladi, shuningdek, 5 nafar PhD va 10 nafar magistrlar Kookmin universitetida o‘qish imkoniga ega bo‘ladilar.