Kuni kecha, 5-dekabr sanasida universitetimizning Kompyuter injiniringi fakultetida "O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun" munosabati bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi!

  • Главная
  • Kuni kecha, 5-dekabr sanasida universitetimizning Kompyuter injiniringi fakultetida "O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun" munosabati bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi!

Tadbirni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti birinchi prorektori D.Yaxshibayev ochib berdi.

🇺🇿Konstitutsiyamiz qabul qilingan kun munosabati bilan universitet davra suhbati tashkil qilish maqsadida Yunusobod tuman adliya bo‘limining bosh yurist konsulti Dilafruz Tursunova va O‘zbekiston xalq artisti Tesha Mo‘minov tashrif buyurdi.

Shu bilan birgalikda universitet yurist konsulti Lola Muratova tomonidan tayyorlangan "Konstitutsiyaviy islohotlar mazmun-mohiyati va uning ta’lim jarayonlaridagi ahamiyati" nomli taqdimot ham bo‘lib o‘tdi.

Tadbirning asosiy maqsadi professor-o‘qituvchilar va talabalarni yurtimizda olib borilayotgan konstitutsiyaviy islohotlar bilan tanishtirish, vatanga muhabbat va vatanni e’zozlash tuyg‘usini yanada oshirishdan iborat.