Xalqaro press klub tomonidan bir qator tashkilotlar bilan hamkorlikda Toshkent shahridagi oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida "IPC" kibersport musobaqalari bo‘lib o‘tdi.
🎉 Ushbu musobaqada kibersportning FIFA2025 turi bo‘yicha talabamiz Smaylov Muzaffar qator universitetlar vakillari ustidan g‘alaba qozonib, finalda faxrli 2-o‘rinni egalladi.
⭐️ Ma’lumot uchun: Muzaffar “Talabalar kibersport o‘yinlari – 2025” respublika chempionatida ham sovrindor bo‘lgan edi.
🤝 Talabamizga kelgusida o‘qish va ishlarida ulkan zafarlar tilab qolamiz!