


Avval xabar berganimizdek, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining “TUIT-Uzbekistan” jamoasi xalqaro “Kiberdrom.Student” musobaqasida muvaffaqiyatli ishtirok etib, Rossiya va MDH davlatlari o‘rtasida faxrli 3-o‘rinni egallagan edi.
🏆 Quvonarlisi, jamoamiz talabalari musobaqada individual yo‘nalishlar bo‘yicha ham yuqori natijalarga erishdilar.
🥈Jumladan, TATU Kompyuter injiniringi fakulteti talabasi Anvarjonov Uktamjon Umidjonovich “Kiberdrom.Student” grand-final bosqichida “Kvadrosim” simulyator poygasi yo‘nalishi bo‘yicha faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
👏Ushbu yutuq talaba-yoshlarimizning zamonaviy texnologiyalar, uchuvchisiz tizimlar va raqamli muhandislik yo‘nalishlaridagi bilim hamda ko‘nikmalari xalqaro maydonda ham munosib e’tirof etilayotganining yana bir yorqin tasdig‘idir.
✅ Ishonamizki, bu kabi muvaffaqiyatlar sohaga qiziquvchi yoshlarimiz uchun katta motivatsiya bo‘lib, ularning xalqaro maydondagi faolligini yanada oshirishga xizmat qiladi.