Grant taqsimoti uchun ariza berish muddati 10-avgust soat 23:59 gacha ekanligini eslatib o‘tamiz.

  • Главная
  • Grant taqsimoti uchun ariza berish muddati 10-avgust soat 23:59 gacha ekanligini eslatib o‘tamiz.

Barcha kurs talabalari uchun qayta o‘qish jarayonlari yakunlanib, GPA ko‘rsatkichlari tizimda qayta hisoblandi. Grant taqsimlash uchun ariza berishga ulgurmay qolgan talabalar 10-avgust soat 23:59 ga qadar hujjatlarini taqdim etishlari mumkin. Arizalar LMS platformasi orqali yuboriladi.
 
❗️Eslatma:
Talabalar ariza berishda 3 xil grantdan birini tanlashi kerak:
• To‘liq va to‘liq bo‘lmagan grant (GPA 3,5 dan baland);
• Qo‘shimcha davlat granti (faqat ijtimoiy himoya reyestrida“qizil” va “sariq” toifadagi oilalar a’zolari uchun, GPA 4 dan baland);
• OTM granti (GPA 3,3 dan 4 gacha).

Ingliz tili guruhlarida o‘qiyotgan talabalar kirish imtixonlari natijalariga ko‘ra qabul qilingan yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim tili(O‘zbek yoki Rus)ga ajratilgan o‘rinlar doirasida tanlovda ishtirok etadilar.
 
Imtiyozli yoki maqsadli grantga kirganlar, shuningdek, sirtqi, kechki va masofaviy shaklda tahsil oluvchi talabalardan arizalar qabul qilinmaydi. Shuningdek, magistraturaga oshirilgan kontrakt asosida qo‘shimcha qabul qilingan talabalar ham tanlovda ishtirok eta olmaydilar.