7-may — O‘zbekiston Respublikasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi xodimlari kuni muborak bo‘lsin!
Bugun yurtimizda raqamli taraqqiyot, innovatsiya va zamonaviy texnologiyalar rivoji yo‘lida fidokorona mehnat qilayotgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi vakillarining kasb bayrami keng nishonlanmoqda. Telekommunikatsiya, dasturiy injiniring, kiberxavfsizlik, sun’iy intellekt, raqamli xizmatlar va innovatsion texnologiyalar bugun mamlakatimiz taraqqiyotining muhim tayanchiga aylanmoqda. Bu yutuqlar zamirida esa minglab soha mutaxassislarining bilimi, salohiyati va fidokorona mehnati mujassam.
🏛 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti jamoasi ushbu soha uchun malakali kadrlar tayyorlash, ilm-fan va raqamli kelajak poydevorini mustahkamlashga hissa qo‘shayotganidan faxrlanadi.
Ushbu qutlug‘ sana munosabati bilan yurtimizdagi barcha AKT sohasi xodimlari, professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar, talabalar hamda kelajak texnologiyalari yo‘lida izlanayotgan barcha yurtdoshlarimizni samimiy tabriklaymiz.
Barchangizga mustahkam sog‘liq, kuch-g‘ayrat, yangi g‘oyalar va sharafli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
🎉Bayram muborak bo‘lsin!