ZTE delegatsiyasi tashrifi doirasida tarixiy futzal uchrashuvi o‘tkazildi

  • Startseite
  • ZTE delegatsiyasi tashrifi doirasida tarixiy futzal uchrashuvi o‘tkazildi

 

 

z

 

14-mart kuni ZTE delegatsiyasining Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga tashrifi doirasida ZTE nubia hamda TATU terma jamoalari o‘rtasida futzal bo‘yicha o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

⚽️ Ushbu bahs nafaqat sport uchrashuvi, balki xalqaro hamkorlik ruhida o‘tgan ramziy va tarixiy match sifatida e’tirof etildi. Murosasiz va shiddatli kechgan o‘yinda TATU xodimlari jamoasi g‘alabani qo‘lga kiritdi.

🇺🇿 Mamlakatimizda sportni rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish hamda yoshlarni jismoniy faollikka jalb etishga qaratilayotgan alohida e’tibor bunday uchrashuvlarning ahamiyatini yanada oshirmoqda.

🤝 O‘yin davomida jamoalar o‘zaro do‘stona muhitda bellashib, sport orqali hamkorlik, jamoaviylik va o‘zaro hurmat qadriyatlarini namoyon etdilar.

🌟 Uchrashuv yorqin gollar, sportga xos raqobat ruhi hamda TATU va ZTE korporatsiyasi tomonidan taqdim etilgan esdalik sovg‘alari bilan yakunlandi.