"Zakovat" turniri 16-mart kuni o'tkazildi

  • Startseite
  • "Zakovat" turniri 16-mart kuni o'tkazildi
Bahor faslining kirib kelishi hamda yaqinlashayotgan Navro'z bayramiga ba'gishlab universitetimiz talaba xotin-qizlari o'rtasida "Zakovat" turniri 2016-yil 16-mart kuni o'tkazildi.
 
"Zakovat" turniri 16-mart kuni o'tkazildi
 
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rahbariyati hamda universitet "Kamolot" YoIH BT, uning qoshidagi "Zakovat" klubining birgalikdagi sayi-harakatlari tufayli ushbu turnir tashkil etildi hamda ko'tarinki ruhda o'tkazildi. 
 
Ma'naviy va ahloqiy tarbiya bo'limi boshlig'i Karimova E’zoza Gapurjonovna tadbirni ochib berishda ishtirok etdi. Ular bilan bir qator "Kamolot" YoIH universitet BT yetakchisi Alimdjanov Xayot Farxadovich va uning qoshidagi "Zakovat" klubi rahbari Yusupov Xurshid ochilish marosimida nutq so'zlashdi.
 
Ushbu turnirda universitetimizning barcha fakultetlaridan jamoalar ishtirok etishdi. Ular:
Intellekt ("Kompyuter injiniringi" fakulteti)
Dasturchi qizlar ("Dasturiy injiniring" fakulteti)
Bahor ("Televizion texnologiyalar" fakulteti)
Telekom ("Telekommunikatsiya texnologiyalari" fakulteti)
Nastarin ("AKT sohasida kasb ta'limi" fakulteti)
Group Gold ("AKT sohasida iqtisodiyot va menejment" fakulteti)
 
G'olib bo'lgan jamoalarga universitet rahbariyati tomonidan tayyorlangan esdalik sovg'alar hamda diplomlar topshirildi.
 
["Zakovat" turniri 16-mart kuni o'tkazildi
 
"Kamolot" YoIH BT matbuot yo'nalishi