


Yoshlar kunida yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi
💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida talaba-yoshlar o‘rtasida bezorilik hamda tan jarohati yetkazish bilan bog‘liq jinoyatlarning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbir tashkil etildi.
🔢 Tadbir davomida:
💬 yoshlar o‘rtasida uchrayotgan bezorilik holatlari, zo‘ravonlik va tan jarohati yetkazish bilan bog‘liq jinoyatlarning sabablari va oqibatlari;
💬 nizoli vaziyatlarni tinch yo‘l bilan hal etish, o‘zaro hurmat va bag‘rikenglik muhitini shakllantirish masalalari;
💬 huquqbuzarliklarning oldini olish, yoshlar o‘rtasida huquqiy madaniyatni oshirish va qonunlarga hurmat ruhini mustahkamlash yo‘llari atroflicha muhokama qilindi.
👥 Uchrashuvda universitet rektori, professor B.Maxkamov hamda IIV Akademiyasi magistratura tinglovchisi, podpolkovnik B.Tojiboyev o‘z maruzalari bilan ishtirok etdilar.
💬 Mutaxassislar tomonidan yoshlar orasida uchrayotgan huquqbuzarliklar, ularning kelib chiqish sabablari va oldini olish choralari yuzasidan muhim tushuntirishlar berilib, amaliy tavsiyalar taqdim etildi.
Mazkur tadbir yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, qonunlarga hurmat ruhini mustahkamlash hamda jamiyatda sog‘lom muhitni qaror toptirishga xizmat qildi. Yoshlarimizning huquqiy madaniyati va tarbiyasi — jamiyat barqarorligining muhim omili!