"Yoshlar innovatsiya markazi" bilan Memorandum imzolandi

  • Startseite
  • "Yoshlar innovatsiya markazi" bilan Memorandum imzolandi

Bugun innovatsion faoliyat va oliy ta’lim muassasasi ilmiy-tadqiqot faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi "Yoshlar innovatsiya markazi" davlat unitar korxonasi hamda Muxammad al-Xorazmi nomidagi Toshkent axborot texnologiyalar universiteti o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

Xamkorlik maqsadi, iqtidorli yoshlarning intellektual salohiyatini rivojlantirish, ularning innovatsiyon g‘oyalarini amaliyotga keng joriy etish orqali mamlakat ilmiy-texnik taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishlariga imkoniyatlar yaratish, respublikamiz ilm-fani yutuqlarini ommalashtirish orqali mamlakatimizdagi ilmiy maktablarni xalqaro miqyosda e’tirof etilishiga ko‘maklashish, yoshlarning ilmiy-tadqiqot faoliyati samaradorligi va natijadorligini oshirishga qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish, ilmiy-texnologik va innovatsion tadbirkorlikni barqaror rivojlanishini ta’minlash, hamda ta’lim, fan, fundamental, innovatsion va tayanch tadqiqotlarni rivojlantirish sohasida belgilangan chora-tadbirlarni mamlakat ilmiy-texnik taraqqiyotining strategik dasturlariga muvofiq amalga oshirish, oliy ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyalashuvi jarayonlarini hamda oliy ta’limning istiqbolli innovatsion yutuqlarni tarmoqlarda samarali tadbiq etuvchi milliy tizim ishtirokchilari bilan o‘zaro aloqalarini takomillashtirish va yuqori sifatli mutaxassislarni tayyorlashni takomillashtirish.

Hujjat O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi "Yoshlar innovatsiya markazi" davlat unitar korxonasi direktori Q.M. Yusupov va Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori v.v.b. B.SH. Mahkamovlar tomonidan imzolandi.

 

ТАТУ Матбуот хизмати