🏛Bugun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Yaponiyaning NEC (Nippon Electric Company) korporatsiyasi, Markaziy osiyodagi vakolatxonasining tijorat direktori Shegay Viktor Ilich tashrif buyurdi.
✅Uchrashuvdan asosiy maqsad Yaponiyaning yirik kompaniyalari bilan investitsiya loyihalarini muhokama qilish va hamkorlik ishlarini yanada kengaytirishga qaratilgan.
✅Uchrashuv davomida ikki tomonlama manfaatli istiqbolli yo‘nalishlar, jumladan, IT sohalarida tajriba almashish, hamkorlikni kengaytirish va boshqa muhim masalalar muhokama qilindi.