O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vaziri Shermatov Sherzod Xotamovich Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialida bo‘lib, yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holatini ko‘zdan kechirdi.
Uchrashuv davomida filialda 2023-2024 o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari hamda Usta Umar Jo‘raqulov ko‘chasi 15-uyda joylashgan o‘quv binosida davlat xususiy sherikchilik asosida qurilayotgan 400 o‘rinli talabalar turar joyi va o‘quv binosida olib borilayotgan ta‘mirlash ishlari bilan yaqindan tanishdi. Qurilish ishlari bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.
Shuningdek, Ibn Sino ko ‘chasi 2-uyda joylashgan o‘quv binosida tashkil etilgan talabalarni yotoqxona va ijara xonadonlariga joylashtirishga ko‘maklashuvchi markaz faoliyati hamda hududdagi DXSH asosida qurib topshirilgan talabalar turar joyidagi sharoitlar bilan ham tanishdi.