“Xalqaro AKT sohasida ayollar kuni”ga bag‘ishlab xotin-qizlar bilan muloqot bo'lib o'tdi.

  • Startseite
  • “Xalqaro AKT sohasida ayollar kuni”ga bag‘ishlab xotin-qizlar bilan muloqot bo'lib o'tdi.

28-aprel Birlashgan millatlar tashkiloti tomonidan “AKTda xalqaro xotin-qizlar kuni” deb qabul qilingan bo‘lib, har yili BMTning Xalqaro elektr aloqa ittifoqi tomonidan ushbu sana keng nishonlab kelinmoqda.

Shu munosabat bilan joriy yilning 28-aprel kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida “Xalqaro AKT sohasida ayollar kuni”ga bag‘ishlab xotin-qizlar bilan muloqot bo'lib o'tdi.

Ushbu tadbirda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti bir qator ayol professor-o'qituvchilar, talaba-yoshlar hamda TATUda faoliyat boshlagan IT-Women.uz loyihasining bitiruvchilari faol ishtirok etishdi.