TATU vakillari Xitoyda oliy ta’limni raqamlashtirish bo‘yicha xalqaro dasturda ishtirok etdi

  • Startseite
  • TATU vakillari Xitoyda oliy ta’limni raqamlashtirish bo‘yicha xalqaro dasturda ishtirok etdi



Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti vakillari Xitoy Xalq Respublikasining Futszyan provinsiyasi, Fuchjou shahrida Ruijie Networks va City Net kompaniyalari tomonidan tashkil etilgan “Xitoy oliy ta’limini raqamlashtirish bo‘yicha tanishuv va tajriba almashish dasturi”da ishtirok etdi.

Dasturda TATU Kiberxavfsizlik fakulteti dekani N. Nasrullayev hamda AKT sohasida iqtisodiyot va menejment fakulteti dekani M. Saitkamolov qatnashdi.



🔺Tashrif davomida Ruijie Networks kompaniyasining ilmiy-tadqiqot va ishlab chiqarish markazlari faoliyati o‘rganilib, AIGC asosidagi intellektual hisoblash tarmoqlari, optik Ethernet 4.0, zamonaviy simsiz tarmoqlar va bulutli ish stollari kabi ilg‘or texnologik yechimlar bilan tanishildi.

💬Shuningdek, TATU vakillari Fuchjou universiteti hamda Futszyan an’anaviy Xitoy tibbiyoti universitetida bo‘lib, oliy ta’limda raqamli infratuzilmani rivojlantirish, zamonaviy tarmoq texnologiyalarini joriy etish va boshqarish bo‘yicha amaliy tajribalarni o‘rgandi.

🤝Uchrashuvlarda ta’lim jarayonlarini raqamli transformatsiya qilish, “Smart University” konsepsiyasini rivojlantirish, sun’iy intellekt va bulutli texnologiyalardan foydalanish hamda Xitoyning yetakchi universitetlari va texnologik kompaniyalari bilan hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

🌐Xalqaro dastur doirasida o‘rganilgan ilg‘or tajriba va texnologik yechimlar TATUda ta’lim va boshqaruv jarayonlarini raqamlashtirish hamda zamonaviy xalqaro tajribalarni universitet faoliyatiga joriy etishda muhim ahamiyat kasb etadi.