Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamda Beyxang universiteti (Xitoy Xalq Respublikasi, Pekin) o‘rtasidagi o‘zaro tushunish Memorandumini amalga oshirish doirasida TATU professor-o‘qituvchilari delegatsiyasi Beyxang universitetiga tashrif buyurdi. Tashrif chog‘ida TATU delegatsiyasi Beyxang universiteti xodimlari uchun seminar o‘tkazdi, ushbu universitetning o‘quv laboratoriyalari va kutubxonasining o‘quv laboratoriyalari va kutubxonasi bilan tanishib chiqdi. Bundan tashqari, TATU professor-o‘qituvchilari Xitoy yo‘ldoshli navigatsiyasi anjumanining ko‘rgazmasiga tashrif buyurib, ushbu mamlakatning kosmik texnologiyalari va mikroelektronika sohasidagi istiqbolli ishlanmalari bilan tanishib chiqdi.
Ta’kidlash lozimki, Beyxang universiteti Xitoyning eng texnik OTMlardan biri bo‘lib, mamlakatning aviatsiya va kosmik sanoatiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Pekin shahrida joylashgan. Hozirgi paytda universitet tarkibida 17 maktab va 6 fakultet mavjud. Universitetda 3300 dan ortiq mutaxassislar ta’lim berishadi, ulardan 10 – Xitoy Fanlar Akademiyasi a’zolari, 1400 professorlar, 290 aspirantura professorlari faoliyat yuritishadi. Jami universitetda 26000 ortiq talabalar tahsil olmoqda, ulardan 1300 – aspirantlar, 5000 dan ortiq - magistrlar, 14000 ortiq – bakalavrlar hamda 300 dan ortiq – xorijlik talabalar. Universitet qoshida 42 ilmiy-tadqiqot markazlari va 89 laboratoriya faoliyati yuritadi. Universite kutubxonasida 1,2 mln. Kitoblar mavjud. World University Rankings 2019 ma’lumotiga ko‘ra Beyxang universiteti 501-600 o‘rinlarni egallab turib, dunyoning TOP 1000 universitetlar qatoriga kiradi.