![](https://static.tuit.uz/crop/3/2/850__80_3254931732.jpg)
5 aprel kuni Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining “Dasturiy injiniring” fakulteti va O‘zbekiston-Koreya axborot almashish markazi bilan birgalikda talabalarning web ilovalar yaratish va web texnologiyalardan samarali foydalanish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini yanada oshirish maqsadida “Web Application Development” mavzusidagi seminar-trening o‘z ishini boshladi.
Seminar-trening davomida tinglovchilar guruhlarga ajratilib, har bir guruhning o‘z loyihalari ustida ish olib borishi va trening yakunida loyihalar bo‘yicha taqdimot o‘tkazishlari ko‘zda tutilgan.
![](https://static.tuit.uz/post/l/v/58e5c90c1add1.jpeg)