Vazirlik topşiriqlari ijrosi va universitet faoliyatining dolzarb masalalari muhokama qilindi.

  • Startseite
  • Vazirlik topşiriqlari ijrosi va universitet faoliyatining dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Vazirlik topşiriqlari ijrosi va universitet faoliyatining dolzarb masalalari muhokama qilindi.

✍️ Bugun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toşkent axborot texnologiyalari universiteti rektori rahbarligida universitet rahbariyati, fakultet dekanlari, bölim va markaz boşliqlari iştirokida yiğiliş ötkazildi.

Yiğilişda Ta’lim va ilm-fan vazirligida davlat oliy ta’lim muassasalari rektorlari iştirokida ötkazilgan uçraşuvda belgilangan vazifalar ijrosi hamda TATU faoliyatiga taalluqli dolzarb masalalar atrofliça muhokama qilindi.

Xususan, ta’lim sifatini oşiriş, öquv dasturlarini zamonaviy mehnat bozori talablariga moslaştiriş, bitiruvçilar bandligini ta’minlaş, öquv adabiyotlarini yangilaş hamda talabalar murojaatlari bilan işlaş samaradorligini oşiriş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Şuningdek, kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari, talabalar bilan muloqotni yanada tizimlaştiriş, stipendiya tölovlarini öz vaqtida amalga oşiriş va nogironligi bölgan talabalar uçun inklyuziv ta’lim imkoniyatlarini kengaytiriş masalalari körib çiqildi.

Yiğiliş yakunida muhokama qilingan masalalar yuzasidan tegişli vazifalar belgilab olinib, mas’ullarga ularning ijrosini ta’minlaş böyiça aniq topşiriqlar berildi.