Bugun, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Televizion texnologiyalar fakultetida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar Akademiyasi tashkil etilganligining 32 yilligi hamda 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan "Xalq va armiya – bir tanu bir jon!" shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir boʻlib oʻtdi.
✅ Tadbirga tashrif buyurgan Qurolli kuchlar akademiyasida mehnat faoliyatini olib borayotgan xarbiy xizmatchilar soʻzga chiqib, qurolli kuchlarimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, harbiylik sharafi, vatanparvarlik va insonparvarlik, xalq farovonligi, yurt himoyachilariga yaratilgan qulayliklar, imtiyozlar xususida fikrlarni aytib oʻtdilar va talaba yoshlarni qiziqtirqan savollariga javob berishdi. Tadbirda dekan va dekan o‘rinbosarlari, tyutorlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Tadbir so‘nggida mehmonlarga tashakkurnomalar topshirildi.