UZINFOCOM” MCHJ vakillari hamda TATU professor-o‘qituvchilari va xodimlari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

  • Startseite
  • UZINFOCOM” MCHJ vakillari hamda TATU professor-o‘qituvchilari va xodimlari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
🏛Bugun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti katta majlislar zalida “Davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator UZINFOCOM” MCHJ vakillari hamda TATU professor-o‘qituvchilari va xodimlari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
 
✅Uchrashuvni universitetning moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektori Aripjanov Fayzulla Abdullaevich kirish so‘zi bilan ochib berdilar. Ko‘plab professor-o‘qituvchilar va rahbarlar YAIDXP ishini chuqur o‘rganishdan manfaatdor. Bunday treninglarni o‘tkazish orqali o‘qituvchilarning o‘zlari kelajakda talabalariga interaktiv xizmatlarning mazmun-mohiyatini tushuntirib berishlari va shu orqali jamiyatimizning keng qatlamlariga xizmat ko‘rsatish qamrovini kengaytirishga hissa qo‘shishlari mumkin bo‘ladi.
 
🔹Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Hukumat portalini axborot bilan ta’minlash va rivojlantirish guruhi rahbari – Rashid Kamilovich Xudaybergenov o‘z nutqida tadbirning asosiy vazifasi universitet professor-o‘qituvchilari va boshqaruv xodimlarigaYagona interaktiv davlat xizmatlari portali bilan tanishish imkonini berish, ishlash jarayonida paydo bo‘ladigan muhim savollarga javob berish ekanligini ta’kidladi.
 
🔹UZINFOCOM Axborot tizimlari va servislarini ishlab chiqish sektori boshlig‘i Sagdullayev Afzal Qodirjon o‘g‘li so‘zga chiqib, YAIDXP faoliyatidagi yangiliklar, qiziqarli tafsilotlar, yaratilish tarixi haqida so‘zlab berdi. Mutaxassisimiz ko‘plab savollarga javob berishga muvaffaq bo‘ldi, u TATU professor-o‘qituvchilari tomonidan ilgari surilgan loyihani ishlab chiqish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi, loyihaning umumiy tavsifini berdi, zarur hujjatlarni qanday qilib olish mumkinligini amaliy ko‘rsatib berdi.