“Ustozning umri - mangu, chunki shogirdlar umri unga ulanadi”, - deydi. Ha, juda ham to‘g‘ri fikr. Muallim - ustoz shunday mo‘tabar zotki, uning nomi ham, umri ham hamisha boqiydir.
Bugun Muhammad al-xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida fizika-matematika fanlari doktori professor Abduraxmanov Qahhor Pattaxovichning 80 yilligi munosabati bilan bayramano tadbir o‘tqazildi. Qolaversa, “yarimo‘tqazgichlar fizikasi,mikro va nanoelektronika: fan, ta’lim va ishlab chiqarish integrasiyasi istiqbollari” mavzusidagi Respublika ilmiy anjumani ham tashkil etildi.
Ustozning o‘n ikkita viloyatdan hozirda ular ham ustoz maqomiga allaqachon erishishga ulgurishgan minglab shogirdlari qo‘tlash uchun tashrif buyurishdi. Shogirdlari hamda Universitet ma’muriyati tomonidan muborak yosh sohibi bo‘lgan, shu yurt ravnaqiga chin ma’noda hissa qusha olgan va hali ham elim yurtim deb navqiron yoshlardan hech qolishmagan holatda faoliyat yurtib kelayotgan Qahhor Pattaxovichga qimmat baho sovg‘a salomlar topshirildi. Eng kotta sovg‘a bu men uchun dedi Domla- bu mening minglab millionlab shogirdlarim, Ilmiy ishlarim talabalarimning bugunda erishayotgan yuqori marralaridir.
Anjumanni Universitetimiz rektori Babaxadjaev Sarvar Nadjimovich ochib berdi. Shundan sung Utamuradova Sharifa Bekmuradovna, Muminov Ramizulla Abdullaevich, Baxadirxanov Muhammad Kabir Saidxanovich kabi o‘nlab akademik professorlar so‘zga chiqib ustoz to‘g‘risida ularning ishlari va yutiqlari haqida mehmonlarni tanishtirishdi, batafsil ma’lumotlar berishdi.