Urganchda targ‘ibot dasturlari amalga oshirildi.

  • Startseite
  • Urganchda targ‘ibot dasturlari amalga oshirildi.

Joriy yilning 16-may kuni Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab internatida TATUda mavjud qo‘shma ta’lim dasturlarida o‘qishga abituriyentlarni jalb etish maqsadida professor-o‘qituvchilar tomonidan targ‘ibot ishlari amalga oshirildi. Tadbirda 100 dan ortiq o‘quvchi yoshlar ishtirok etishdi.

Ma’lumot o‘rnida, TATUda:
YEUNGNAM UNIVERSITETI bilan “2+2 Double Degree” (2 yil O‘zbekistonda va 2 yil Janubiy Korea Respublikasida) qo‘shma ta’lim dasturida “Axborot va kommunikatsiya muhandisligi” va “Kompyuter injiniring” bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari;

KOOKMIN UNIVERSITETI bilan “3+1 Double Degree” (3 yil O‘zbekistonda va 1 yil Janubiy Korea Respublikasida) qo‘shma ta’lim dasturida “Biznes axborot texnologiyalari” bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi.

Mazkur qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha o‘qishni tamomlagan talabalarga TATU va hamkor universitet tomonidan ikkita diplom beriladi.