2024- yil 23-fevral kuni Muhammmad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining navbatdagi Ilmiy kengashi bo‘lib o‘tdi.

  • Startseite
  • Announcements
  • 2024- yil 23-fevral kuni Muhammmad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining navbatdagi Ilmiy kengashi bo‘lib o‘tdi.

2024- yil 23-fevral kuni Muhammmad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining navbatdagi Ilmiy kengashi bo‘lib o‘tdi. Unda turli masalalar ko‘rib chiqilib, yig‘ilish yakunida quyidagi xodimlar bir qancha nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlanishdi:

“Nuroniy” jamg‘armasi tomonidan 1–darajali “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan professor, t.f.d. Musayev Muhammadjon Mahmudovich;

Jumanov Jamoljon Xudoyqulovich “O‘zbekiston “Veteran” jangchi-faxriy va nogironlari birlashmasining 30 yilligi” yubiley medali bilan taqdirlandi.

Sun’iy intellekt kafedrasi mudiri professor Zaynidinov Xakimjon Nasiriddinovich “Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash uchun” medali bilan taqdirlandi.

"Axborot xavfsizligi" kafedrasi dotsenti Fayziyeva Dilsora Salimovna Samarqand davlat chet tillar instituti, Germaniyaning "Ta’limda innovatsion texnologiyalarni joriy etish va takomillashtirish" ilmiy-amaliy konferensiyasi va Quality publication nashriyot uyi tomonidan "𝐈𝐋𝐌-𝐅𝐀𝐍 𝐘𝐄𝐓𝐀𝐊𝐂𝐇𝐈𝐒𝐈" nomli esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

OAK dan olingan diplomlar va attestatlar:
1. Iqtisod fanlari falsafa doktori ilmiy darajasi - Soliboyev Xabibulla;
2. Oliy matematika kafedrasi dotsenti Safarov Jo‘rabek Shakarovich -  f.m.f.d. ilmiy darajasini;
3. Sun’iy intellekt kafedrasi katta o‘qituvchisi Nurmurodov Javohir Nurmurod o‘g‘li  - t.f.f.d. (PhD) ilmiy darajasini;
4. Kompyuter tizimlari kafedrasi dotsenti Abdurashidova Kamola Turgunbayeva t.f.f.d. (PhD) ilmiy darajasini;
5. Multimediya texnologiyalari kafedrasi assistenti Ne’matov Asliddin Rabbimqulovich  t.f.f.d. (PhD) ilmiy darajasini;
6. Telekommunikasiya injiniringi kafedrasi mudiri Abdujapparova Mubarak Baltabayevna dotsent ilmiy unvonini;
7. Algoritmlash va matematik modellashtirish kafedrasi mudiri Mamadaliyev Xusniddin Abdijalilovich dotsent ilmiy unvonini;
8. MUT va T kafedrasi  dotsenti, Nur. fil. dir. o‘rinb. Maxmudov Salimjon Olimjonovich dotsent ilmiy unvonini oldi.