Talabalarimiz Muhammad al-Xoramziy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamda "Turonbank" ATB hamkorligi doirasida ishlab chiqilgan "Turonbank stipendiyasi" sohibi bo'lishdi.
🎓 Ushbu stipendiya dasturiga muvofiq, universitetimizga yuqori ball to'plab kirgan 1-kurs talabalar saralab olinadi hamda suhbat jarayonlaridan o'tkaziladi. Suhbatdan muvafaqqiyatli o'tgan talabalarga "Turonbank" ATB har oy 1.100.000 so'm miqdorda stipendiya beradi hamda 3-kursdan talabalar bankda faoliyat olib boradilar.
👥 Suhbat natijalariga ko'ra 5 nafar talabamiz "Turonbank stipendiyasi" sovrindori deb topildi:
➡️ Amatboyev Nurbek Zokir o'g'li (DIF talabasi);
➡️ Qo'chqorov Sardorbek Otabek o'g'li (DIF talabasi);
➡️ Aminboyev Komronbek Kamolatdin o'g'li (DIF talabasi);
➡️ Abdusalomov Sardor Orif o'g'li (AKT sohasida iqtisod va menejment fakulteti talabasi);
➡️ Kalbayev Dauletyar Baxtiyorovich (AKT sohasida iqtisod va menejment fakulteti talabasi).
🎉 Talabalarimizni universitetimiz nomidan qutlab qolamiz va kelajakda yetuk kadr bo'lib yetishishlarini tilaymiz.