Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 6-9 noyabr kunlari professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun Radioaloqa va zamonaviy kommunikatsiya texnologiyalari” mavzusida o‘quv-trening kursi tashkil etildi. Trening kursida Serbiyalik professor Miroslav Skorich (IEEE tashkiloti mutaxassisi) trener sifatida ishtirok etmoqda.
Ushbu kurs O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-2909-sonli -“Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari” to‘g‘risidagi qarorining 4-bandi: xorijiy olim, o‘qituvchi va mutaxassislarni respublika oliy ta’lim muassasalari va pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazlari o‘quv jarayonlariga jalb etish bo‘yicha belgilangan topshirig‘i, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-2834-sonli - “Toshkent axborot texnologiyalari universitetining faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari” to‘g‘risidagi qarorining 6-bandida ko‘zda tutilgan “Universitetda dars berish va Markazda ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish uchun yuqori malakali xorijiy mutaxassislar va olimlarni jalb qilish” bo‘yicha belgilangan topshirig‘i ijrosi yuzasidan tashkil etildi.
Trening kursida 40 nafar o‘qituvchi va talabalar ishtirok etmoqda.