Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Mexnat yarmarkasi tadbiri o'tkazildi

  • Startseite
  • Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Mexnat yarmarkasi tadbiri o'tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yaqin muddatga va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan harakat dasturida belgilangan ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish yuzasidan  Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 26 fevral kuni  "Mexnat yarmarkasi” tadbiri o‘tkazildi. 
Tadbirning asosiy maqsadi soha kompaniyalari va tashkilotlariga, shuningdek, mamlakatimizda mazkur yo‘nalishda mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga yosh iqtidorli kadrlarni jalb etish imkoniyatini yaratish, shuningdek, ularni ishga joylashishlariga ko‘maklashishdan iboratdir.

Ushbu maqsadlarni ro‘yobga chiqarish borasida, AKT sohasidagi korxona va tashkilotlar, shuningdek davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining 119 dan ziyod korxona va tashkilotlari 1000 dan ziyod o‘zida mavjud bo‘lgan ish joylari bilan ishtirok etdi.

Mehnat yarmarkasida TATUning 1447 nafar, va sohaga biriktirilgan 7 ta kasb-hunar kollejlarining 4134 nafar bitiruvchilari ishlab chiqarish korxonalaridagi mavjud ish o‘rinlari bilan tanishdilar va o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olish bilan birga, ishlab chiqarish korxonalariga taklifnomalar olihdilar.

 

Toshkent axborot texnologiyalari universitetida  Mexnat yarmarkasi tadbiri o'tkazildi

 

Toshkent axborot texnologiyalari universitetida  Mexnat yarmarkasi tadbiri o'tkazildi