Toshkent аxborot texnologiyаlаri universiteti rektori H.Muxitdinov boshlichiligidа, universitetning "Kompyuter injiniringi”,"Dasturiy injiniringi”,”Telekommunikatsiya texnologiyalari”,”Televizion texnologiyalar”,”AKT sohasida iqtisodiyot va menejment”,”AKT sohasida kasbta’limi” fakultet dekanlari bilanbirgalikda,Akаdemik litsey vа kаsb-hunаr kollejlаri ishlаri bo’limi tomonidаn 22 dekabr kuni,Toshkent axborottexnologiyalarikasb-hunar kollejidа o’quvchilarbilan uchrashuv o‘tkаzildi. O‘tkаzilgаn uchrashuvda universitet rektori, universitet tarixi hamda mavjud bo’lgan fakultetlar va chet mamlakatlardagi ta’lim muassasalari bilan hamkorlikhaqida qisqacha ma’ruza qilib o’tdi.
”AKT sohasida kasb ta’limi” fakulteti dekani F.Zakirova, "Dasturiy injiniringi” fakulteti dekani D.Abdullaev, ”Telekommunikatsiya texnologiyalari” fakulteti dekani O’.Xamdamov, "Kompyuter injiniringi” fakulteti dekani K.Tashev, ”Televizion texnologiyalar”fakulteti dekan muovini I.Nabiyev va ”AKT sohasida iqtisodiyot va menejment”fakulteti dekan muovini B.Ma’murovlar o’z fakultetlari to’g’risida qisqacha ma’ruzalar qilib o’tdilar.
Toshkent аxborot texnologiyаlаri universiteti rektori H.Muxitdinov kollej o’quvchilariga yana bir narsani ta’kidlab o’tdilar, chet tillarini o‘rganishga, sertifikatlarga ega bo‘lish lozimligi haqida tushunchalar berdilar.
Ma’ruzalarining so’ngida, kollej o’qituvchilari va o’quvchilari o’zlarining qiziqtirgansavollariga javoblar oldilar.
Toshkent аxborot texnologiyаlаri universiteti rektori H.Muxitdinov, universitet nomidan kollej rahbariyativa o’quvchilarini kirib kelayotgan yangi 2016-yil bilan muborakbot etib, barcha o’qituvch, murabbiy va o’quvchilarga sog’liq-salomatlik tilab tabriklab qoldilar.
Shundan so’ng,Toshkent axborot texnologiyalari kasb-hunar kolleji rahbari A.Shin kollejda tashkil etilgan yangi "SAMSUNG INNOVATIVE ACADEMY” laboratoriyasini yaqindan tanishtirib o’tdi.