BMTning taraqqiyot dasturi va O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining "O‘zbekiston biznes-forumi (III bosqich)” loyihasi poytaxtimizning oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda startap tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash dasturini boshlab yubordi.
Loyiha ishtirokchilarga startap g‘oyalarni amalga oshirish ko‘nikmalarini egallash, yakka tartibda biznes-murabbiyning maslahatlarini olish, loyiha doirasida ko‘zlangan mahsulot yoki xizmatning minimal ishchi modelini ishlab chiqish va sinash hamda istiqboldagi investorlarga o‘z loyihalarini taqdim qilish imkoniyatini yaratadigan bepul uch oylik izchil dastur hisoblanadi. Dasturda qanday ishtirok etish mumkin, loyihalarni tanlash mezonlari va ishtirokchilarga qo‘yiladigan talablar haqida ma’lumot: http://startup.chamber.uz/ Veb-saytida joylashtirilgan.