Shuni ta’kidlash lozimki, mazkur yil ushbu yo‘nalishning ilk bitiruvchilari yetishib chiqmoqdalar. Himoyaga taqdim etilgan barcha BMI lar mavzulari televizion texnologiyalari sohasining dolzarb muammolariga qaratilgan. Bitiruvchilar himoyaga o‘z mavzusiga oid videoroliklar tayyorladilar. Shu kuni jami 10 nafar talaba bitiruv malakaviy ishlarini himoya qilgan bo‘lsalar, shulardan 7 tasi "a’lo”, 3 tasi "yaxshi” bahoga loyiq deb topildi. 2 iyun kuni BMIlar himoyasida esa 8 nafardan 3 nafari "a’lo”, 4 nafari "yaxshi”, bir nafari "o‘rta” bahoga baholandi.