-TATUga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi "O‘zbekkosmos" agentligi rahbari tashrif buyurdi.

  • Startseite
  • -TATUga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi "O‘zbekkosmos" agentligi rahbari tashrif buyurdi.

Bugun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zbekkosmos» agentligi rahbari Shuxrat Munavvarovich Kadirov tashrif buyurdilar.

Tashrif chog‘ida tomonlar ilgari tuzilgan (13.01.2021 yil) Memorandum asosidagi hamkorlik rejalarini, ya’ni O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini innovatsion rivojlantirish, yuqori texnologiyali ishlab chiqarishni rivojlantirish, shuningdek, ilmiy-texnik, moddiy imkoniyatlar va kadrlar salohiyatidan to‘laroq foydalanish maqsadida, kosmik tadqiqotlar va texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalarni birgalikda ishlab chiqish, shuningdek, kosmik texnologiyalar va uchuvchisiz uchish apparatlaridan olingan ma’lumotlarni qayta ishlash, ulardan foydalanish kabi masalalarni muhokama qilishdi.

Shuningdek, quyidagi loyihalarni birgalikda amalga oshirish haqida kelishib olindi:

kosmik texnologiyalar va uchuvchisiz uchish apparatlari yordamida birgalikda ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish;

kosmik texnologiyalar va uchuvchisiz uchish vositalari yordamida aero fotografiyasini amalga oshirish, uning natijalaridan foydalanishni ta’minlovchi musobaqalar va maqsadli dasturlar, ishlab chiqarish va boshqa tashkilotlarda birgalikda ishtirok etish;

TATU bazasida kosmos sohasida kompetentlik markazini ochish;

O‘zbek kosmosi ilmiy laboratoriyasini ochish;

Ushbu sohaga yosh kadrlarni jalb etish bo‘yicha seminar-trening tashkil etilishi rejalashtirildi.

 

TATU matbuot hizmati