TATUda navbatdagi hamkorlik uchrashuvi

  • Startseite
  • TATUda navbatdagi hamkorlik uchrashuvi

6 aprel kuni TATUda SAPuniversitetlar uyushmasi bilan hamkorlik shartnomasidoirasida universitet rahbariyati va O‘zbekistonda SAP kompaniyasi vakilining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv doirasida 2015 yil 15 iyun kuni TATU SAP universitetlar uyushmasining 51-a’zosi etib qabul qilingandan beri o‘tgan davr mobaynida mazkur dastur bo‘yicha universitetning nechta talabasi tahsil olganligi, erishilgan natijalar va istiqboldagi reja va vazifalar hakida kelishib olindi.

Uchrashuvda TATU rektori U.Xamdamov, o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektor X.Bobomurodov, TATU marketing bo‘lim boshlig‘i A.Normurodov, ATT kafedrasi mudiri E.Migranova universitet professor-o‘qituvchilari va SAP kompaniyasinigO‘zbekistondagivakili L.Adxamov ishtirok etdilar.