TATUda Kiberxavfsizlik bo‘yicha seminar-trening bo‘lib o‘tdi

  • Startseite
  • TATUda Kiberxavfsizlik bo‘yicha seminar-trening bo‘lib o‘tdi

Bugun, 24-fevral sanasida TATUda “Zamonaviy tizimlarda tahdidlarni modellashtirish” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Mazkur seminar-treningda Singapur davlatidan tashrif buyurgan malakali kiberxavfsizlik mutaxassislari ishtirok etib, talabalar hamda professor-o‘qituvchilar bilan o‘z bilim va tajribalarini o‘rtoqlashdilar.

Seminarda singapurlik kiberxavfsizlik mutaxassislari — Yoon Yik hamda Donavan qatnashib, sohaga qiziquvchilar uchun dolzarb va amaliy mavzularda treninglar o‘tkazdilar. Shuningdek, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berdilar.

Seminar-trening davomida qatnashchilar:
• Kiberxavfsizlik sohasidagi zamonaviy yondashuvlar
• Tahdidlarni aniqlash va modellashtirish usullari
• Xalqaro tajribalar va real кейслар
bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Ushbu tadbir talabalar uchun kiberxavfsizlik sohasida professional rivojlanish hamda karyera rejalashtirishda muhim bosqich bo‘ldi.