


TATUda Karyera kuni bo‘lib o‘tdi.
📅 Bugun, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida talabalarning mustaqil hayotga qadam qo‘yishlari, o‘z iqtidori va salohiyatini to‘liq namoyon etishlari uchun sharoitlarni kengaytirish, ularning bandligiga ko‘maklashish hamda potensial ish beruvchilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar o‘rnatish maqsadida “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.
♻️ Yarmarkada O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, “Toshkent metropoliteni” DUK, “O‘zbektelekom” AK, Yunusobod tumani bandlik markazi, “Unicon.uz” MCHJ, “ALSKOM” sug‘urta kompaniyasi, “KAFIL-SUG‘URTA” AJ, “ZTE Investment” MCHJ, “Yagona Respublika protsessing markazi” MCHJ, “Unicon Soft” MCHJ, “O‘zmilliybank” AJ, “AVO Bank” AJ, “Asakabank” ATB, “Uzbekistan Airways Technics” MCHJ, “FIDO-BIZNES” MCHJ, DanAds CA, Najot Ta’lim o‘quv markazi, “Sharq Telekom” MCHJ va boshqa 50 dan ortiq yirik mahalliy hamda xorijiy kompaniyalar o‘zlarining bo‘sh ish o‘rinlari va stajirovka dasturlari bilan ishtirok etdilar.
☑️ Tadbirda 1000 nafardan ortiq talaba va bitiruvchilar qatnashib, o‘zlarini qiziqtirgan korxona va tashkilotlar faoliyati, mavjud vakant lavozimlar hamda amaliyot dasturlari haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
🤝 Shuningdek, 140 nafardan ortiq talaba kompaniya vakillari bilan suhbatdan o‘tib, ishga qabul qilinish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.
🎁 Yarmarka davomida faol ishtirok etgan talabalar hamkor korxonalar tomonidan turli esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.