
📣 TATUda “Ilmli ayol – jamiyat ko‘zgusi” haftaligi doirasida forum va ko‘rgazma bo‘lib o‘tdi
💻 20-fevral kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “IT sohasi rivojida xotin-qizlarning o‘rni” mavzusida forum va ko‘rgazma tashkil etildi.
Forum doirasida xotin-qizlarning ilm-fanga bo‘lgan qiziqishini oshirish va ilmiy salohiyatini rivojlantirish maqsadida “AKT bo‘yicha eng yaxshi innovatsion loyiha muallifi”, “Eng yaxshi EHM uchun dastur va ma’lumotlar bazasi muallifi” nominatsiyalari bo‘yicha tanlov o‘tkazildi.
Tanlov natijalari:
🥇 1-o‘rin – Sarsenbaeva Bibinur Axmet qizi, Iqtisodiyot va menejment fakulteti, 3-bosqich talabasi
🥈 2-o‘rin – Chorshanbieva Sevinch Akramovna, Kompyuter injiniringi fakulteti, 3-bosqich talabasi
🥉 3-o‘rin – Malikova Nodira Turgunovna, Raqamli texnologiyalar konvergensiyasi kafedrasi dotsenti
Forum doirasida:
🟢 Xotin-qizlarning ilm-fandagi va tadbirkorlikdagi yutuqlari hamda mahsulotlar ko‘rgazmasi;
🟢 Olima ayollar va talaba-qizlarning loyihalari taqdimoti;
🟢 Professor-o‘qituvchilarning tabrik so‘zlari hamda ma’ruzalar tinglandi.
✈️@tuituz_official