TATUda Erasmus+ milliy ofisining Monitoringi

  • Startseite
  • TATUda Erasmus+ milliy ofisining Monitoringi

2 may kuni Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Yevropa Komissiyasining Erasmus+ dasturi doirasida amalga oshirilayotgan «ACADEMICA: O’quv dasturini modernizatsiya qilish va rivojlantirish orqali Markaziy Osiyoda oliy ta’limni muvofiqlashtirish» 561553-EPP-1-2015-1-BG-EPPKA2-CBHE-JP loyihasining monitoring uchashuvi bo'lib o'tdi.

Monitoring uchrashuvi O'zbekistondagi Erasmus+ milliy ofisi (NEO) koordinatori Aziza Abduraxmanova va milliy ofis experti Kudratkhon Bahadirovlar tomonidan loyiha ishtrokchilari va universitet talabalari bilan o'tkazildi.

Monitoring uchrashuvini A. Abduraxmanova kirish so’zi bilan ochib, ushbu uchrashuvning maqsadi va vazifalari haqida qisqacha ma’lumot berdi.

So’ngra loyihфning mahalliy koordinatori TATU "Axborot hafvsizligi” kafedrasi dosenti S.Yusupov ACADEMICA loyihasining maqsad-vazifalari, amalga osirilgan ishlar va kelgusidagi ish rejalari haqida prezentasiya qildi. Loyiha ishtirokchilari bilan munozaralar asosida monitoring uchrashuvining dastlabki natijalari bo’yicha xulosa qilindi.

Monitoring hisoboti Yevropa Komissiyasi Ta'lim, audiovizual vositalar va madaniyat ijroiya agentligiga (EACEA) yuboriladi va agentlik tomonidan monitoring xulosalari loyihaning asosiy koordinatori, ya'ni grant oluvchiga taqdim etiladi.

 

TATUda Erasmus+ milliy ofisining Monitoringi

 

TATUda Erasmus+ milliy ofisining Monitoringi

 

TATUda Erasmus+ milliy ofisining Monitoringi