


TATUDA “ENG YAXŞI KREATIV ĞOYA” TANLOVINING UNIVERSITET BOSQIÇI ÖTKAZILDI!
🎓 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toşkent axborot texnologiyalari universitetida talabalar örtasida “Eng yaxşi kreativ ğoya” tanlovining universitet bosqiçi bölib ötdi.
💡 Tanlovdan közlangan asosiy maqsad — talabalarning kreativ va innovatsion ğoyalarini aniqlaş, istiqbolli startap loyihalarini qöllab-quvvatlaş hamda ularning rivojlanişiga imkoniyat yaratiş.
📊 Tanlovga jami 45 ta loyiha va ğoya taqdim etildi. Şundan 30 ga yaqin loyiha körib çiqilib, iştirokçilarning işlari belgilangan mezonlar asosida baholandi.
🏆 Yakuniy natijalarga köra, eng yaxşi deb topilgan 3 ta loyiha respublika bosqiçida iştirok etiş uçun tavsiya etildi.
🌟 Mazkur tanlov talabalar uçun yangi ğoyalarini namoyon etiş, innovatsion taşabbuslarini rivojlantiriş va startap loyihalarini yangi bosqiçga olib çiqişda muhim imkoniyat böldi.
🚀Kreativ ğoyalar — innovatsion kelajak poydevori!