Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 2015 yil 23 oktyabr kuni "O‘zbekiston Respublikasida 2015 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar DASTURI”ni 2-yo‘nalishi 16-bandining ijrosini ta’minlash maqsadida, "Yurtimizni obod qilaylik!” shiori ostida ekologik aktsiya hamda universitet tadbirlar zalida "Toza xavo tabiat inomi” mavzuida davra suhbati o‘tkazildi.
Ekologik aktsiya va davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Ekoharakat deputatlar guruhi a’zolari, Ekoharakat Markaziy Kengash Ijroiya Qo‘mitasi xodimlari, Ekoharakat Toshkent shahar hududiy bo‘linmasi hodimlari, Toshkent axborot texnalogiyalari universiteti proffessor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etdilar.
Ushbu tadbirni o‘tkazishdan asosiy maqsad, o‘sib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama yetuk va barkamol etib tarbiyalash, yosh avlodning ekologik va estetik madaniyatini yuksaltirish, tabiat haqidagi bilim va intellektual salohiyatini ruyobga chiqarishiga ko‘maklashish, ularni ona tabiat va uning ne’matlariga mehr-muhabbat ruhida tarbiyalash, atrof-muhitni muhofaza qilish ishlariga yoshlarni keng jalb qilish, ozodalik va obodlik kabi milliy an’analarimizni yoshlar ongiga singdirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, uzluksiz ekologik ta’lim-tarbiya tizimiga ko‘maklashish, qolaversa, shahrimiz hamda yurtimiz ozodaligi va obodligiga hissa qo‘shishdan iboratdir. Tadbirda tabiatga bo‘lgan ehtirom, uning sirlarini anglab yetishga intilish, atrof-muhitni musaffo saqlash, ozodalik va poklik kabi ezgu urf-odatlar avlodlardan bizga merosligi ishtirokchilarga tushuntirildi.
Xususan, yoshlarni xozirgi kunda ekologik xuquqiy ongini rivojlantirish va ularga Respublikamizda atrof muhitni muhofaza qilishda kiritilayotgan qonun va qonun osti xujjatlari mohiyati va ularning huquq va majburiyatlar bilan tushintirildi.
Davra suhbati davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.