TATU tomonidan Qashqadaryodagi tibbiyot muassasalarida sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha amaliy jarayon boshlandi

  • Startseite
  • TATU tomonidan Qashqadaryodagi tibbiyot muassasalarida sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha amaliy jarayon boshlandi


Joriy yilning 23-fevral kuni prorektor Sh.To‘rayev boshchiligida tadqiqotchilar jamoasi Qarshi shahriga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida:
• Onkologiya va radiologiya markazi Qashqadaryo filiali;
• Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo filiali;
• Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo filiali;
• Respublika tez tibbiy yordam markazi Qashqadaryo filiali rahbarlari hamda viloyat hokimi o‘rinbosari A.Qobilov bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.

Tadqiqotchilar TATUda sun’iy intellekt texnologiyalari asosida yaratilgan ishlanmalar taqdimotini o‘tkazib, joriy etish bo‘yicha tijorat takliflarini berdilar.

O‘z navbatida ushbu muassasalar 7 ta ishlanmani amaliyotga joriy etish istagini bildirib, ikkala tomon 9 ta ilmiy muammo bo‘yicha hamkorlikda tadqiqot ishlarini olib borishga kelishib oldi.