Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talaba-yoshlari “Talabalar ligasi” sport musobaqalarining hududiy bosqichida stol tennisi yo‘nalishida faol ishtirok etmoqdalar.

  • Startseite
  • Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talaba-yoshlari “Talabalar ligasi” sport musobaqalarining hududiy bosqichida stol tennisi yo‘nalishida faol ishtirok etmoqdalar.

 

 

 

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talaba-yoshlari “Talabalar ligasi” sport musobaqalarining hududiy bosqichida stol tennisi yo‘nalishida faol ishtirok etmoqdalar.

Musobaqa davomida ishtirokchilar o‘zlarining tezkorligi, aniqligi va yuqori darajadagi texnik mahoratini namoyon etib, qizg‘in va murosasiz bahslar olib bormoqdalar.

Har bir uchrashuv yuqori temp va keskin raqobat ostida o‘tib, tomoshabinlarga hayajonli va unutilmas lahzalarni ulashmoqda.

Ushbu musobaqa yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, stol tennisi sport turini rivojlantirish hamda sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qilmoqda.

Talabalarimizga keyingi bosqichlarda ham omad tilaymiz!