TATU talabalari “O‘zbekiston pochtasi” AJ faoliyati bilan tanishdilar

  • Startseite
  • TATU talabalari “O‘zbekiston pochtasi” AJ faoliyati bilan tanishdilar

 

TATU talabalari “O‘zbekiston pochtasi” AJ faoliyati bilan tanishdilar

📍 2026-yil 21-oktyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining “Pochta aloqasi texnologiyasi” yo‘nalishi 3-bosqich talabalari uchun “O‘zbekiston pochtasi” AJning “Xalqaro pochtampt” filialiga amaliy ekskursiya tashkil etildi.

🎓 “Pochta aloqasining infratuzilmasi” fani doirasida o‘tkazilgan ekskursiyadan ko‘zlangan maqsad talabalarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularni sohadagi zamonaviy texnologiyalar va ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishtirishdan iborat.

💻 Ekskursiya davomida filial mutaxassislari talabalarga ishlab chiqarish uchastkalaridagi texnologik jarayonlar, yangi dasturiy mahsulotlar hamda faoliyatga joriy etilgan axborot tizimlari haqida batafsil ma’lumot berdilar. Shuningdek, talabalar filial infratuzilmasi bilan yaqindan tanishib, nazariy bilimlarini amaliy tajriba bilan mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘ldilar.