Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialida Samarqand shahar aholi bandligiga ko‘maklashish markazi bilan hamkorlikda bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni ochib berish uchun, O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Samrqand viloyat hududiy boshqarmasi boshlig‘i D.Xo‘jamberdiyev, Samarqand viloyati Bandlik bosh boshqarmasi boshig‘i N.Sulaymonov hamda filial direktori Z.Karshiyevlar so‘zga chiqib, tadbirga yig‘ilgan ishtirokchilar, ish beruvchi hamkor tashkilotlar rahbarlari va talabalarga tadbirning mazmun mohiyati haqida tushuntirib o‘tdilar.
Davra suhbati yakunida O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi boshlig‘i hamda soha korxonalar rahbarlari tomonidan talabalar bilan bo‘lib o‘tgan davra suhbatida faol ishtirok etgan talabalar estalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Jarayon davomida ish beruvchilar talaba-yoshlarni ishga joylashish bo‘yicha shartlar bilan tanishtirdilar, vakant ish o‘rinlari to‘g‘risida ma’lumot berdilar hamda tashkilotlarga yosh mutaxassislardan talab qilinayotgan kasbiy qobiliyat va ko‘nikmalar, ta’lim dasturlarini yanada takomillashtirishga yo‘naltirilgan fikr-mulohozalar va ko‘rsatmalarni berishdi.