TATU talabalari retkorning virtual qabulxonasiga murojaatlarini yo‘llashlari mumkin

  • Startseite
  • TATU talabalari retkorning virtual qabulxonasiga murojaatlarini yo‘llashlari mumkin

Xabaringiz bor, joriy yilning 16-martidan boshlab Mamlakatimizdagi barcha Oliy taʼlim muassasalari talabalariga navbatdan tashqari vaqtinchalik taʼtil berildi. Xususan, TАTU talabalariga ham.

Vaholanki, ushbu taʼtil davrida universitetimiz talablari orasida turli savollar, shikoyatlar, muammoli vaziyatlar vujudga kelishi mumkin.

Yuqoridagilarni inobatga olib, talabalar bilan navbatdan tashqari taʼtil davrida bilvosita muloqotta boʼlib turish, ulardagi muammo va kamchiliklarni oʼrganish, bartaraf etish maqsadida universitet rektori T. Teshabaevning virtual qabulxonasi ham ishlab turibdi.

Qadrli talabalar! Siz,  https://tuit.uz/appeals ushbu havola orqali yoki +998712350453 ishonch telefonlari orqali TАTU rektoriga oʼz murojaatlaringizni yoʼllashingiz mumkin.

Siz, aziz talabalarga, universitet rahbariyati mustahkam sogʼlik tilaydi. Bugungi sinovli davrda shifokorlar tavsiyalariga qatʼiy amal qilishingizni, zarurat boʼlmasa koʼchaga chiqmasligingizni soʼraymiz.