TATU QS Stars reytingida 4 ta yulduzli universitet maqomiga sazovor bo'ldi
Prezidentimiz tomonidan kiritilgan O'zbekiston ta'limidagi ijobiy islohotlar natijasi o'laroq, dunyoning eng nufuzli xalqaro reyting tashkilotlaridan biri hisoblangan QS (Quacquarelli Symonds) tomonidan tashkil qilingan bu yilgi QS Stars audit baholash reytingi natijalariga ko’ra, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti dunyoning TOP Universitetlari ro’yxatida 1000 ballik baholash shkalasida 620 ball to’plab, 4 yulduzli universitet maqomi berildi (https://t.me/eduuz/17104).
Shu kunga qadar respublikamizda 3 ta universitet ushbu reytingdan joy olgan edi, to'rtinchisi sifatida ular safiga TATU qo'shildi. Bu ham Muhtaram Prezidentimizning 24-dekabr kuni imzolangan 60-61-sonli qarorlarida bilan akademik va moliyaviy mustaqillik berilganidan so'ng erishilgan ijobiy natijalardan biri desak mubolag'a bo'lmaydi. QS Stars audit ananaviy ta'lim, inklyuzivlik, onlayn ta'lim va bitiruvchilarni ish bilan ta'minlash kategoriyalari bo'yicha TATUni eng yuqori natija, 5 ta yulduz bilan baholandi.
Ma'lumot uchun: QS Stars xalqaro reyting sistemasi 2009-yildan buyon universitetlarni 13 ta yoʻnalish boʻyicha baholaydigan koʻpqirrali metodologiya asosida tuzilgan reyting hisoblanadi. Mazkur reyting universitetlarni oʻqitish, tadqiqot, bitiruvchilarni ish bilan taʼminlanganlik darajasi, xalqaro faoliyat, akademik rivojlanish, universitetdagi qulayliklar, onlayn taʼlim, sohaviy reyting, oʻquv dasturlari kuchi, innovatsiya, sanʼat va madaniyat, ijtimoiy masʼuliyat va inklyuzivlik asosida baholaydi.