TATU professori Janubiy Koreyada xalqaro seminar-treningda ishtirok etmoqda

🏛 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Sun’iy intellekt kafedrasi professori Abdusalomov Akmalbek Bobomirzayevich 2026-yil 20-apreldan 2-mayga qadar Janubiy Koreyaning Gachon universitetida tashkil etilayotgan xalqaro seminar-treningda ishtirok etmoqda.

🤖 Mazkur seminar-trening Daejo P&I–Pyeongtaek AI homiyligida “Optimized Lightweight Architecture for Coronary Artery Disease Classification in Medical Imaging” loyihasi doirasida o‘tkazilmoqda.

☑️ Dastur davomida quyidagi yo‘nalishlar muhokama qilinmoqda:
🔹 chuqur o‘rganish va kompyuter ko‘rishining ilg‘or metodlari;
🔹 tibbiy tasvirlar asosida yurak kasalliklarini aniqlashga qaratilgan AI yechimlari;
🔹 ilmiy natijalarni amaliy tizimlarga joriy etish masalalari.

📊 Hamkorlik samaralari:
2025-yilda TATU va Gachon universiteti hamkorligida Scopus va WoS bazalarida indekslangan Q1–Q2 toifadagi 20 dan ortiq maqolalar chop etilgan. 2026-yilda esa hozirga qadar yana 5 ta qo‘shma ilmiy maqola nashr etildi. Shuningdek, 3 ta xalqaro loyiha doirasida hamkorlik ishlari davom etmoqda.

🌐 Mazkur natijalar ikki universitet o‘rtasidagi ilmiy hamkorlikning yuqori samaradorligini namoyon etadi.

ℹ️ Ma’lumot uchun: Gachon universiteti Janubiy Koreyaning yetakchi OTMlaridan biri bo‘lib, THE va ARWU reytinglarida TOP 501–600 talikdan o‘rin olgan.