TATU professor-o'qituvchilari "Sog'lom turmush tarzi bilan yasha" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbirda ishtirok etdilar

  • Startseite
  • TATU professor-o'qituvchilari "Sog'lom turmush tarzi bilan yasha" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbirda ishtirok etdilar

IIB Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni ta’minlash qo‘shinlari 7251-sonli harbiy qismda "Sog‘lom turmush tarzi bilan yasha" mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unga Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Toshkent shahar bo‘limi shifokori M. Mo‘minova va Muxammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti dekanlari, dotsentlar D. Yaxshiboev va X. Nosirov taklif etildilar.

Mazkur tadbirda ishtirok etgan shifokorlar, hozirgi kunda yoshlar orasida giyoxvandlik moddalari, ayniqsa psixotrop va kuchli ta’sir etuvchi moddalarni iste’mol qilinishi kuchayib  hamda bu illat oqibatlari haqida to‘xtalib, yoshlarni undan uzoqroq bo‘lishiga chaqirdi.

Shuningdek, yoshlarni bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishga doir maslaxatlari bilan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti dekani, dotsent X. Nosirov hozirgi kunda hayotimizga tobora chuqur kirib borayotgan AT soxasi, uning zamonaviy hayotimizdagi o‘rni va ahamiyatini misollar bilan tushuntirib berdi.

Shu bilan birga TATUning kompyuter injiniringi fakulteti dekani, dotsent D. Yaxshiboev ham so‘zga chiqib, ta’lim dargohining tashkil topilishi, faoliyati, hamkorlikdagi tashkilotlar hamda hududlardagi universitet filiallari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tushuntirib o‘tdi.

Tadbir yakunida IIB Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni ta’minlash qo‘shinlari 7251-sonli harbiy qismi rahbariyati tomonidan TATU rahbariyatiga tashakkurnoma taqdim etildi.

 

TATU matbuot xizmati