🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 32-yilligini hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-79 farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida

  • Startseite
  • 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 32-yilligini hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-79 farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 32-yilligini hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-79 farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida

🤩 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Nurafshon filialida joriy yilning 12-yanvar kuni 14-yanvar "Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan "Vatan himoyasi - muqaddasdir" shiori ostida tantanali bayram tadbiri hamda filial talaba-yigitlari o‘rtasida "Mard o‘g‘lon" ko‘rik-tanlovi tashkil etildi.

Bayram tantanalari O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi ijrosi bilan boshlanib, so‘ngra Toshkent viloyati Toshkent tumanidagi 9-maktab harbiy sinf o‘quvchilarining jangovar sport chiqishlari namoyish etdilar.

Tadbir filiali talaba-yigitlari oʻrtasida "Mard oʻgʻlon" ko‘rik-tanlovi bilan davom etdi (https://t.me/tatunurafshon/3269).

Tanlov natijalariga ko‘ra:

🥇-o‘rin: Ma’murjonov Javohir
🥈-o‘rin: Mamajonov Akmaljon
🥉-o‘rin: Fayzullayev Sherozbek
4️⃣-o‘rin: To‘xtasinov Alyorbek
ishtirokchilar g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi.

🏆 Tanlov g‘oliblariga faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi. Shuningdek, filialda mehnat qilayotgan sobiq harbiylarga ham filial rahbariyati tomonidan qimmatbaho sovg‘alar topshirildi. Tadbir yuqori saviyada tashkil etilib, ishtirokchilarda chuqur taassurot qoldirdi.