TATU hamda umumiy oʻrta taʼlim maktablari oʻrtasida hamkorlik aloqalari kengaymoqda

  • Startseite
  • TATU hamda umumiy oʻrta taʼlim maktablari oʻrtasida hamkorlik aloqalari kengaymoqda

Joriy yilning 3-dekabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti “Televizion texnologiyalar” fakulteti “Energiya taʼminlash tizimlari” kafedrasining professori I.X. Siddikov boshchiligida kafedra aʼzolari: dotsent Sattarov X.A., assistent Saidova G.E. va kafedra doktoranti Xasanov D. lar  Yunusobod tumanidagi 250-umumiy oʻrta taʼlim maktabiga tashrif buyurdi.

Hozirgi kunda maktabda 60 ta sinf mavjud boʻlib, unda 1803 nafar oʻquvchilar oʻqiydi hamda ularga taʼlim va tarbiya berish uchun 90 nafar pedagoglar jalb qilingan. Maktab ikki tilga moʻljallangan boʻlib, rus va oʻzbek sinflari mavjud.

Kafedra va maktab oʻrtasida tuzilgan shartnoma bandlari hamda 2020/2021 oʻquv yilida oʻquv-uslubiy yoʻnalishda rivojlantirish boʻyicha hamkorlik chora-tadbirlari rejasi maktab direktori Salamova M.N., oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari Ikromova D.F. hamda maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari Abdurayimov R.X.lar bilan muhokama qilindi va kelgusida bajariladigan ishlar belgilab olindi.

Universitetimizda 2021-yil 5-6-yanvar kunlari boʻlib oʻtadigan ilmiy-uslubiy konferensiya haqida maʼlumotlar berildi va maktab oʻqituvchilarini ushbu konferensiyada faol ishtirok etishlari taklif etildi.