TATU futbol terma jamoasiga saralash jarayoni bo‘lib o‘tdi

  • Startseite
  • TATU futbol terma jamoasiga saralash jarayoni bo‘lib o‘tdi



Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining o‘g‘il bolalar futbol terma jamoasi tarkibini shakllantirish maqsadida talabalar o‘rtasida saralash jarayoni tashkil etildi.

Saralashda universitetning sportga qiziqishi yuqori, futbol bo‘yicha mahoratini namoyon etishni istagan talaba-yoshlar faol ishtirok etdilar. Jarayon davomida ishtirokchilarning jismoniy tayyorgarligi, futbol bo‘yicha texnik va taktik ko‘nikmalari, tezkorligi hamda jamoaviy harakatlari kuzatib borildi.

Qizg‘in va do‘stona ruhda kechgan saralash jarayoni davomida talabalar o‘z imkoniyatlarini namoyish etib, universitet sharafini munosib himoya qilishga bo‘lgan intilishlarini ko‘rsatdilar.

Saralash natijalariga ko‘ra, munosib ishtirokchilar TATU futbol terma jamoasi tarkibiga jalb etilib, kelgusida muntazam mashg‘ulotlar hamda turli sport musobaqalarida universitet sharafini himoya qiladilar.