TATU Drone terma jamoasi ayni paytda Xitoyda tajriba oshirmoqda

  • Startseite
  • TATU Drone terma jamoasi ayni paytda Xitoyda tajriba oshirmoqda

TATU Drone terma jamoasi ayni paytda Xitoyda tajriba oshirmoqda

🏛 Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Dron terma jamoasi a’zolari hozirda dunyoning texnologik markazlaridan biri bo‘lgan Xitoy Xalq Respublikasida tahsil olishmoqda.

🇨🇳 Ular Shenzhen Information Technology University hamda Zhongxinhang (Shenzhen) Digital Technology Innovation kompaniyasining xalqaro dron instruktorlik kurslarida faol ishtirok etmoqdalar.

💡 Ushbu dastur davomida ishtirokchilar nafaqat nazariy bilim, balki amaliy ko‘nikmalarni ham chuqur o‘zlashtirmoqda.

☑️ Maqsad — kelajakda O‘zbekistonda minglab yoshlarga dron boshqaruvi bo‘yicha bilim beradigan xalqaro darajadagi professional instruktorlarni tayyorlash.

♻️ Dron texnologiyalari bugun:
— qishloq xo‘jaligi;
— logistika;
— xavfsizlik;
— kinoindustriya;
— ekologiya
uchun strategik ahamiyatga ega sohalardan biri hisoblanadi.

➖ Ushbu nufuzli xalqaro dasturda ilm va tajriba uyg‘unlashmoqda.

👍 Yigitlarimizga omad va muvaffaqiyatlar tilaymiz!