Boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi tashabbusi bilan Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamkorlikda O‘zbekiston Resmpublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma uch yilligiga bag‘ishlab 5 dekabr kuni universitetimizning professor-o‘qituvchilari va ishchi-xodimlari o‘rtasidasportning mini futbol turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.
Ushbu musobaqada fakultet terma jamoalari va bo‘limlardan tashkil topgan terma jamoalar murosasiz kurash olib borishdi.
Musobaqada:
1-o‘rin Dasturiy injiniring fakulteti terma jamoasi;
2-o‘rin Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida iqtisodiyot va menejment fakulteti terma jamoasi;
3-o‘rin Harbiy kafedra terma jamosi g‘olib bo‘lishdi.
Musobaqada g‘olib bo‘lgan terma jamoa vakilliri Kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan diplomlar, medallar, esdalik sovg‘alari va musobaqa kubogi bilan taqdirlanishdi.