“English for Science 2021” oʻquv dasturini sarhisobi va ishtirokchilarga sertifikat bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi

  • Startseite
  • “English for Science 2021” oʻquv dasturini sarhisobi va ishtirokchilarga sertifikat bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 16-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik axborot markazi tomonidan tashkil etilgan “English for Science 2021” oʻquv dasturini sarhisobi va ishtirokchilarga sertifikat bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi

Mazkur dastur doirasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetidan 4 nafar professor-o‘qituvchilar (F.M.Nuraliyev, D.Gafurova, U.Giyosov, Q.Medetova) ishtirok etib, sertifikat bilan taqdirlandilar.

9 oy davom etgan ushbu dastur doirasida "Web of Science va Scopus" ma’lumotlar bazalaridagi nufuzli jurnallarda maqolalar chop etish, xalqaro grantlarga loyihalar tayyorlash va topshirish, xalqaro konferensiyalarda o‘z maqolalari bilan ishtirok etish kabi yutuqlarga erishdilar.